Taʼziya

Mirzo Uluğbek tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasida mototsikldagi 1 nafar YPX xodimi vafot etdi

Foto17-iyul, 2026, 00:511 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Mirzo Uluğbek tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasida mototsikldagi 1 nafar YPX xodimi vafot etdi

Yöl harakati xavfsizligi xizmatining rasmiy bayonotida aytilişiça, joriy yilning 16-iyul kuni soat 18:30 larda poytaxtning "Dörmon yöli" köçasi böylab 3 nafar YPX inspektorlari patrullik mototsikllarida harakatlanib ketayotgan vaqtida, "Ğazalkent" köçasidan çorrahaga kirib kelgan "Onix" rusumli transport vositasi bilan töqnaşib yöl-transport hodisasi sodir etgan.

YTH natijasida patrullik mototsiklini boşqarib kelgan 1 nafar YPX xodimi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olganlarga tibbiy yordam körsatilmoqda.

"Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur YTH kortej kuzatuvi vaqtida sodir bölgani töğrisida notöğri talqin kuzatilmoqda. Tarmoq vakillarida asoslantirilmagan xabarlarni tarqatmasliklarini söraymiz", — deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov oldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek