Sport

«C» guruhida Angliya terma jamoasi Sloveniya bilan nursiz durang öynab, guruh peşqadamligini saqlab qoldi

Albom26-iyun, 2024, 12:332 daqiqa0 koʻrish

#Euro2024

“C” guruhida 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya terma jamoasi 🇸🇮Sloveniya bilan nursiz durang öynab, guruh peşqadamligini saqlab qoldi. 🇩🇰Daniya ham 🇷🇸Serbiya bilan 0:0 öynadi.

Natijada Daniya va Sloveniyada bir xil oçko va hattoki bir xil töplar nisbati yuzaga keldi. Özaro öyinda ham ikki jamoa durang öynagan edi. Bunday vaziyatda reglamentga köra, intizomga qaraladi. Sariq kartoçkalar soni kamligi hisobiga Daniya 2-öringa kötarildi, Sloveniya 3-örinda qoldi. Lekin ikkalasi ham pley-offga yöl oldi.

“D” guruhida 🇫🇷Fransiya sönggi turda 🇵🇱Polşani yenga olmay, ikkinçi öringa tuşib qolgan bölsa, guruh autsayderi sifatida qaralgan 🇦🇹Avstriya qiziqarli keçgan bahsda 🇳🇱Niderlandiyani mağlub etib, birinçi örin bilan keyingi bosqiçga çiqdi.

Şu tariqa, çorak finaldayoq 🇪🇸Ispaniya 🇩🇪Germaniya bilan, 🇵🇹Portugaliya esa 🇫🇷Fransiya bilan töqnaş keliş ehtimoli paydo böldi. Mana şu 4 ta jamoadan ikkitasi yarim finalga ham çiqa olmasligi aniq.

🇪🇺 25-iyun kuni ötkazilgan uçraşuvlar natijasi:

🇳🇱 Niderlandiya 2:3 🇦🇹 Avstriya (D guruhi)

Gollar: Malen 5’ (avtogol), Gakpo 46’, Şmid 59’, Depay 75’, Zabitser 80’.

🇫🇷 Fransiya 1:1 🇵🇱 Polşa (D)

Gollar: Mbappe 56’ (penalti), Levandovskiy 79’ (penalti).

23:59 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya 0:0 🇸🇮 Sloveniya (C)

23:59 🇩🇰 Daniya 0:0 🇷🇸 Serbiya (C)

➖➖➖➖➖➖➖

Bugungi uçraşuvlar:

21:00 🇺🇦 Ukraina — 🇧🇪 Belgiya (E)

21:00 🇸🇰 Slovakiya — 🇷🇴 Ruminiya (E)

00:00 🇬🇪 Gruziya — 🇵🇹 Portugaliya (F)

00:00 🇨🇿 Çexiya — 🇹🇷 Turkiya (F)

“E” guruhida sönggi tur oldidan barça jamoalarda uçtadan oçko bor.

“F” guruhida esa 🇵🇹Portugaliya muddatidan avval 1-örinni kafolatlagan. Qolgan 3 ta jamoada nimçorak finalga çiqiş uçun imkoniyat saqlanib turibdi. Bugungi öyinlar bilan Yevropa çempionatining guruh bahslariga yakun yasaladi. Pley-off öyinlari 29-iyundan start oladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek