Sport

Fransiya Belgiya bilan öyinda bahs yakunidagi avtogol evaziga ğalaba qozonib, çorak finalga çiqdi

Matn2-iyul, 2024, 10:311 daqiqa0 koʻrish

#Euro2024

🇫🇷Fransiya 🇧🇪Belgiya bilan öyinda bahs yakunidagi avtogol evaziga ğalaba qozonib, çorak finalga çiqdi.

🇵🇹Portugaliya va 🇸🇮Sloveniya örtasidagi bahs esa haqiqiy dramaga aylanib ketdi. Hujumkor ruhda ötgan öyinning asosiy vaqtida hisob oçilmagaç, qöşimça bölimlar boşlandi. 105-daqiqada hakam Portugaliya foydasiga penalti belgiladi. Biroq Kriştianu Ronalduning zarbasini darvozabon Yan Oblak qaytardi.

Bu vaziyatda portugaliyalik yulduz köz yoşlarini tiyib turolmadi. Şu tariqa qöşimça bölimlarda ham hisob oçilmadi. Penaltilar seriyasida esa Ronaldu jamoasidan birinçi bölib töp oldiga yaqinlaşdi va bu safar Sloveniya darvozabonini ojiz qoldirdi. Şundan söng, u muxlislarga yuzlanib, birinçi penaltidan foydalana olmagani uçun uzr söradi.

Şuningdek, seriyada Portugaliya darvozaboni Diogo Koşta ham qahramonlik körsatib, raqib futbolçilarining barça uç zarbasini ham qaytardi. Portugaliya çorak finalda.

Hozirgaça maʼlum bölgan çorak final juftliklari:

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya — 🇨🇭Şveytsariya

🇪🇸Ispaniya — 🇩🇪Germaniya

🇫🇷Fransiya — 🇵🇹Portugaliya

🇪🇺 1-iyul kuni ötkazilgan uçraşuvlar natijalari:

🇫🇷 Fransiya 1:0 🇧🇪 Belgiya

Gol: Vertongen 85’ (avtogol)

🇵🇹 Portugaliya 0:0 🇸🇮 Sloveniya

Penaltilar seriyasi: 3:0
Ronaldu, Fernandeş, Silva.

➖➖➖➖➖➖➖

Bugungi uçraşuvlar:

21:00 🇷🇴Ruminiya — 🇳🇱Niderlandiya
23:59 🇦🇹Avstriya — 🇹🇷Turkiya

Bugun çorak finalning barça juftliklari nomi maʼlum böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek