Fikr
«Temiryölda umuman şaroit yöq
Video12-avgust, 2026, 11:054 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
“Temiryölda umuman şaroit yöq. Vagonga mingan odam Toşkentga borgunça kasal bölib qolyapti” — Uluğbek Qosimov
Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov hududdagi transport tizimi, yöl infratuzilmasi, çiptalar narxlarini tanqid qildi.
“Surxondaryo aholisini Toşkent bilan boğlovçi yöl, M-39 yölini hamma mendan yaxşi bilib turibdi. Boysundan ötgandan keyin yurib bölmaydi. Taksilarimiz, avtobusçilar dodlab yuboryapti. [Odamlar] Yuziga qaraşga közimiz qolmadi”, — dedi hokim.
Şuningdek, u temiryöl tizimini ham keskin tanqid qildi.
“Temiryölda umuman şaroit yöq. Vagonga mingan odam Toşkentga borgunça kasal bölib qolyapti. Na sovitiş tizimi işlaydi, na şaroit bor. Na bilet bor, na vokzalda şaroit bor. Sariosiyoga qatnaydigan Termizdan „prigorodniy“ poyezdlarga odam taşib bölmaydi. Transport prokurori — tomoşabin”, — dedi Qosimov.
Bundan taşqari, hokim aviaçiptalar narxlari oşib ketganini taʼkidladi.
“Aviabiletlarda umuman şarmanda. Narxi ikki baravar oşib ketgan. Monopoliya [hozirgi Raqobat qömitasi] degan taşkilot — tomoşabin. Qanday borsin kambağal odam? Bu bilet narxini qarab bölmaydi. Umuman taniş-bilişsiz bilet topib bölmaydi”, — deya taʼkidladi viloyat hokimi.
👉 @xushnudbek 👈
- 10 Telegram Stars

