Davlat fuqarolik xizmatçisining xalqaro va boşqa rasmiy tadbirlarda sovğa oliş tartibi belgilandi
Davlat fuqarolik xizmatçisining xalqaro va boşqa rasmiy tadbirlarda sovğa oliş tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tasdiqlagan nizomga köra, davlat fuqarolik xizmatçisi Özbekistondan taşqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boşqa rasmiy tadbirlar, Özbekistonda ötkaziladigan xalqaro va boşqa rasmiy tadbirlarda sovğa olişi mumkin.
✅ Davlat fuqarolik xizmatçisi oladigan sovğa quyidagi talablarga javob berişi kerak:
➖ milliy qonunçilikda taqiqlanmagan aşyolar bölişi;
➖ sovğa xalqaro va boşqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bölişi;
➖ sovğa oçiq va oşkora qabul qilinişi;
➖ davlat organining obrösiga putur yetkazmasligi;
➖ manfaatlar töqnaşuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib çiqarmasligi.
✅ Davlat fuqarolik xizmatçisi sovğani tadbirdan kelgandan söng 3 iş kunida xöjalik bölimiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi.
✅ Sovğaning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln sömdan) köp bölmasa, sovğa davlat fuqarolik xizmatçisiga beriladi.
❗️Sovğa qiymati BHMning 4 baravari (1,2 mln söm) dan köp bölsa, u moliya-iqtisod bölinmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uçun foydalaniladi.
Tez yaroqsiz holga keluvçi sovğalar (gul, şirinliklar), şuningdek kanselyariya töplamlari (taqvim, buklet, plastmassali ruçka, kundalik va bloknot) sovğa sifatida rasmiylaştirilmaydi hamda uşbu sovğalar davlat fuqarolik xizmatçisida qoldiriladi.
❌ Özbekistondagi boşqa xizmat safarlarida sovğa oliş mumkin emas.
👉 @xushnudbek 👈



