Muhim

Davlat granti uluşining çegarasi OTMdagi yönalişning kvotasidan foiz çiqarilar ekan

Matn28-iyul, 2025, 12:292 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzOliy taʼlim muassasalarida davlat granti kvotasi uluşining çegarasi va uning hisoblaniş tartibi TDYU misolida tuşuntirildi.

❗️Yuqoridagi xabar tahrirlandi: davlat granti uluşining çegarasi oliygohning jami kvotasidan emas, balki öşa OTMdagi yönalişning kvotasidan foiz çiqarilar ekan.

Tuşunarli bölişi uçun davlat granti uluşi çegarasiga yana bir misol keltiraman:

• Filologiya va tillarni öqitiş yönalişi uçun jami davlat granti — 1 ming 580 ta;
• Filologiya va tillarni öqitiş: ingliz tili uçun çegara — 15%;
• Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Filologiya va tillarni öqitiş: ingliz tili kvotasi — 800 ta.

Dastlab “Inyaz”dagi ingliz tili filologiyasi kvotasining 15 foizini hisoblab olamiz: 800 * 15% = 120 ta.

Demak, “Inyaz”dagi ingliz tili filologiyasiga maksimum 120 ta grant qabul qilinadi. Bundan kam bölsa böladi, lekin oşib ketmaydi. Qolgan 680 ta kvota tölov-kontrakt asosida böladi.

Buni tuşunib oldik, endi umumiy grant kvotasida qança örin qolayotganini köramiz. 1 580 - 120 = 1 460 ta.

Agar “Inyaz”dagi ingliz tili filologiyasiga 120 ta grant olinsa, unda Filologiya va tillarni öqitiş yönalişi uçun 1 ming 460 ta grant örni boşqa oliygohlarga hamda “Inyaz”ning boşqa yönalişlariga (boşqa tillarga) ajratiladi.

Unutmang, Filologiya va tillarni öqitiş yönalişi uçun ajratilgan jami 1 ming 580 ta davlat granti kvotasi faqat ingliz tili uçun emas, barça tillar uçun berilgan. Bunda barça tillar böyiça testga kirgan abituriyentlar umumiy “qozonga solinadi” va eng yuqori ball olganlar davlat granti uluşi çegarasiga rioya qilgan holda grantga taqsimlanadi.
#abituriyent

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek