Kvotalar böyiça batafsil izoh
Kvotalar böyiça batafsil izoh
#abituriyent
Biroz avval eʼlon qilingan kvotalar böyiça köpçilikda savol tuğilgani tabiiy. Çunki Prezident farmoyişi bilan tasdiqlangan joriy yilgi kvotalarning avvalgilaridan bir qança farqi bor:
1️⃣ Birinçidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yönalişlar kesimida eʼlon qilindi;
2️⃣ Ikkinçidan, kvotalar faqat davlat granti uçun eʼlon qilindi, tölov-kontrakt uçun yöq;
3️⃣ Uçinçidan, kvotalar faqat kunduzgi taʼlim şakli uçun eʼlon qilindi, sirtqi, keçki va masofaviy uçun yöq.
Joriy yilda yangi tizim bölgani uçun, ayrim tuşuntirişlar berib ötmoqçiman.
❓Batafsil kvotalar qaçon va kim tomonidan eʼlon qilinadi?
Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan eʼlon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftaça muddatni talab qiladi. Yaʼni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagaç, batafsil kvotalarni yana kutişga töğri keladi.
❓ Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?
Davlat qabul komissiyasi 2024/2025-öquv yili uçun quyidagilarni tasdiqlaşini kutişimiz kerak:
➖umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, taʼlim şakllari va tillar kesimida);
➖qöşimça qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uçun);
➖maqsadli qabul kvotalarini va uşbu kvotalarning tuman (şahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖öqişga qabul qilişning minimal ötiş balini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining uluşini.
❓Grant kvotasi yönalişlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi?
Joriy yildan boşlab davlat grantlari oliygohlar uçun berilmaydi, balki yönaliş uçun ajratiladi. Masalan, Toşkent davlat yuridik universiteti uçun aniq grant kvotasi bölmaydi, 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yönalişi uçun umumiy grant kvotasi ajratiladi.
Bunda respublikadagi barça oliygohlardagi yurisprudensiya yönalişiga topşirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball töplaganlari, qaysi OTMga topşirganidan qatʼi nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bölmasligi mumkin.
Keling aniq misolda köramiz.
Joriy yilda yurisprudensiya yönalişi uçun 115 ta grant kvotasi ajratilibdi. Masalan, TDYU, ÖzMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yönalişi bor deylik. Mana şu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yönalişiga topşirgan barça abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab çiqiladi va eng yuqori ball olgan 115 nafar abituriyentga grant beriladi. Şunda, misol uçun, TDYUga 50 ta grant, ÖzMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. töğri kelişi mumkin.
Yaʼni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan köra, maʼlum bir yönalişga topşirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boşqa bir oliygohda xuddi şu yönalişga 100 ball bilan grantga kiriş degan narsa yöqoladi.
Faqat bitta istisno joyi böladi. Davlat grantining barça kvotasini bitta oliygoh olib qöyişining oldini oliş maqsadida çeklov qöyiladi. Masalan, 115 ta kvotaning hammasi TDYUga töğri kelib qolişi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik çeklov qöyiladi. Yaʼni TDYU faqat 115 ta kvotaning yarmini, yaʼni 57 ta grant kvotasini olişi mumkin böladi.
‼️XULOSA: hali kvotalar töliq tasdiqlanmadi, hozirça çala. Oliygohlar, tölov-kontrakt, taʼlim şakllari va tillar kesimidagi kvotalar tasdiqlanişini yana kutiş kerak. Qança kutişimiz nomaʼlum, bu Boş vazir raisligidagi Davlat qabul komissiyasiga boğliq.
👉 @xushnudbek 👈
