Fikr

Davlat grantini faqat 1 yil uçun berilişi haqida «Lolazor» podkastida biroz gaplaşdik

Video13-may, 2024, 17:535 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Davlat grantini faqat 1 yil uçun berilişi haqida “Lolazor” podkastida biroz gaplaşdik.

Albatta, uşbu yangilik atrofida fikrlar turliça. Kimdir yaxşi desa, kimdir yomon deydi. Asosiy xavotir oliy taʼlimdagi korrupsiya darajasi oşib ketişida bölyapti.

Xavotirda jon bor, bizning holatimizda bu reallik, töqima gap emas.

Lekin sizga qançalik ğalati eşitilmasin, men aynan mana şu yangilik tufayli uzoq istiqbolda (1-2 yilda emas) oliy taʼlimda korrupsiya kamayadi, degan fikrdaman. Çunki mazkur yangi tizim natijasida jamoatçilik nazorati paydo böladi.

Hozir oliy taʼlimdagi korrupsiyaning jabrlanuvçisi yöq. Jabrlanuvçi — jamiyat kelajagi.

Lekin bu umumiy gap, konkret şaxs bundan jabr çekmaydi. Ana endi jabrlangan aniq şaxslar paydo böladi. Kimgadir soxta “5” baho qöyiş, boşqalarga zarar yetkazişni boşlaydi. Va öz-özidan korrupsiyaga qarşi kuraşiş, şikoyat qiliş, norozi böliş boşlanadi.

Çunki jamiyat kelajagi uçun kuraşadiganlar sanoqli, şaxsiy manfaat uçun kuraşadiganlar son-sanoqsiz.

Töğri, yangi tizim yaxşi işlaşi uçun hali köp özgarişlar qiliş kerak böladi. Va aynan öşa özgarişlar bölişi uçun ham mana şu yangilik kerak edi!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek