Fikr

«Davlat siyosati ingliz tilini ommalaştirişga qaratilişi kerak» — Botir Qobilov

Matn25-dekabr, 2023, 23:003 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzSalkam 2 soatlik podkastni töliq körişga ulgurmaganlar uçun asosiy fikrlar jamlangan qisqa fragment va videoga havola.

«Davlat siyosati ingliz tilini ommalaştirişga qaratilişi kerak» — Botir Qobilov Rossiyaning migrantlar orqali bosim qilayotgani haqida

Harvard universiteti ilmiy tadqiqotçisi, iqtisodçi Botir Qobilov «Lolazor» podkastida aytgan fikrlarimiz böyiça öz munosabatini bildiribdi. Jumladan, Botir aka şunday deydi:

«Mutlaqo qöşilaman. Millionlab işçilar Rossiyaga ketişiga majbur bölmasliklari uçun birinçi navbatda Özbekiston iqtisodiyoti şiddat bilan ösişi, köp iş örinlari yaratilişi kerak. Albatta, bu qisqa muddatda erişiladigan va yeçimi oson bölgan muammo emas, tan olişimiz kerak.

Amaliy fikrim şundaki, davlat siyosati ikki narsaga qaratilişi kerak:

1️⃣ Birinçisi, ingliz tilini ommalaştiriş. Maktabdan boşlab. Xohlaymizmi yöqmi, hozir va kelajak bozori asosan ingliz tilida. Iş ham, ilm oliş ham, yangi innovatsiya ham, hamkorlik ham, istalgan kontent ham — barçasi ingliz tilida.

Agar misol izlaydigan bölsak, ingliz tilini davlat siyosati darajasida taʼlimda tadbiq etgan mamlakatlar misoli köp. Xayolga keladiganlaridan biri Singapur. Yoki Malayziya (https://www.nytimes.com/2002/10/15/news/in-asia-the-english-imperative.html), Keniya, Vetnam, Hindiston, Janubiy Koreya, Braziliya, Yaponiya…

Men xohlardimki, yaqin kelajakda, Özbekistondagi istalgan şahar/qişloq hokimi ham, istalgan maktabdagi öquvçi ham ingliz tilida zör gapira/yoza oladigan darajaga çiqiş kerak.

Ingliz tilini biladigan özbekistonlik bu nafaqat şartli Polşa yoki Malayziyada işlay oladigan özbekistonlik degani, balki bu Özbekiston bozorida barça ingliz tilini biladi degani. Natijada Özbekistonga xorijiy investitsiyalar kelişi, xorijiy korxonalar bizning bozordagi mehnat kuçini yuqori baholaşiga olib keladi.

2️⃣ Bu mavzuda davlatning ikkinçi siyosati — bu özbekistonliklarning çet elga çiqişlari uçun boşqa mamlakatlar söraydigan viza talablarini yengillaştirişda faollik.

“Lolazor” podkastida ham aytilganidek, Rossiyada işlaydigan vatandoşlarimiz boşqa bozorlarga (masalan, Yevropaga) bora olişlari uçun öşa mamlakatlardagi viza siyosati ham bir tösqin.

Masalan, qöşni Qozoğistonga soliştirganda istalgan viza kategoriyasi böyiça Özbekistonliklarda nisbiy zaiflik bor. Qozoğistonliklar AQŞga turist vizani 10 yilga, talaba vizani esa 5 yilga oladilar. Özbekistonliklar esa ikkalasini uzoği bilan faqat 1 yilga oladilar.

Buning asosiy sababi sifatida AQŞ hukumatining viza beriş masalasida öşa mamlakatning AQŞ fuqarolariga vizani qança muddatga berişiga qaraydigan siyosati aytiladi (reciprocity). Yaʼni şartli aqşlik yoki şartli yevropalikka Özbekistonga viza oliş qançalik maksimal darajada yengil bölsa, özbekistonliklarga ham öşa mamlakatlarga boriş talablari yengillaşişi mumkin. Davlatimizdan mana şu masalada ham faollikni umid qilgan bölar edim.

Xulosa qiladigan bölsam, davlat siyosati ingliz tilini ommalaştirişga qaratilişi kerak. Ingliz tili hozirgi zamonda deyarli hayot-mamot masalasi. Ingliz tilini bilmaydigan inson piçoği yöq qassob kabi. Nafaqat siyosiy nuqtai nazardan baʼzi mamlakatlarga qarab qolmaslik uçun, balki özimizning iqtisodiy rivojlanişimiz uçun maktabdagi taʼlim sifatini, unda beriladigan könikmalarni va eng muhimi ingliz tiliga juda katta urğu berişimiz kerak.

Axir vaqt ketmoqda, qöldan boy berilgan imkoniyatlar va avlodlar ötmoqda…

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek