Menejerlik sertifikati bor maktab direktorlari 50% ustama oladi
Menejerlik sertifikati bor maktab direktorlari 50% ustama oladi
Hukumat qaroriga (681-son, 25.12.2023 y.) köra, 2024-yil 1-yanvardan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantiriş va yangi metodikalarga örgatiş milliy-tadqiqot institutida maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik öquv kurslarida öqitiş hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron beriş tizimi joriy qilinadi.
🗒 Nizomga muvofiq, maktablarga faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5 yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olişi talab etiladi.
⏱️ Öquv kurslarining davomiyligi 144 soatni taşkil etib, 1 oy davomida öqitiladi.
⚠️ Direktorlarning öqiş davrida ularning asosiy iş joyi böyiça lavozimi va amaldagi örtaça iş haqi miqdorlari saqlab qolinadi.
💰 2024-yil 1-sentyabrdan menejerlik sertifikatiga ega quyidagi rahbar xodimlarga uşbu sertifikatning amal qiliş muddati davomida lavozim maoşiga har oylik qöşimça ustamalar tölanadi:
🔹maktab direktorlariga – 50 foiz;
🔹maktab direktori örinbosarlariga – 30 foiz.
👉 @xushnudbek 👈
