Davlat va xususiy taʼlim taşkilotlari teng közda qaralişi kerak
Davlat va xususiy taʼlim taşkilotlari teng közda qaralişi kerak
“Menimça” dasturi uçun taʼlimga oid fikrlarimni söraşgandi, quyidagilarni bayon qildim:
1️⃣Birinçidan, kiriş imtihonlari tizimi misli körilmagan darajada özgardi. Avvallari ham amaldorlar, ham "köça industriyasi" kiriş imtihonlaridan bir neça millionlab dollar daromad olişardi. Hozir ularning “biznes”iga katta zarba berildi. Onlayn hujjat topşirişdan tortib, pavilyonlarda ötkaziladigan test sinovlarigaça şaffoflaşdi. Qilsa bölar ekan-ku!
2️⃣ Ikkinçidan, afsuski bir neça yillik oliy taʼlim jarayonining özida katta özgarişlar sezilmayapti. Yaʼni kiriş imtihonlari-ku yaxşilandi, lekin 4 yillik oliy taʼlim unçalik emas. Oliy taʼlim sifatini yaxşilaş böyiça hali köp işlar qilişimiz kerak;
3️⃣ Uçinçidan, Hukumat yaqindan boşlab davlat OTMlariga moliyaviy, akademik va boşqa yönalişlarda mustaqillik bermoqda, mana şu işda davom etişi kerak. Va asosiysi bu haqiqiy mustaqillik bölişi kerak, hozirgi kabi “çala” mustaqillik emas. Bundan qörqmaslik kerak, albatta OTMlar tepasida biror vazirlik yoki byurokrat amaldorlar turişi şart emas. Rivojlangan davlatlardagi eng TOP universitetlar aynan mustaqillik va soğlom raqobat sabab hozirgi körinişga kelgan;
4️⃣ Törtinçidan, Hukumat xususiy OTMlarni ham xuddi davlatniki kabi teng közda körişi kerak. Xususiy OTMlar “yetim” yoki “ögay” emas. Ular ham özimizniki va şu jamiyat rivoji uçun hissa qöşyapti. Bozordagi ayrim “nopok” öyinçilarni bahona qilib xususiy taʼlimni öldiriş notöğri. Aksinça ularni qöllab-quvvatlaş va rivojlaniş uçun şaroit yaratiş kerak. Yoki heç bölmasa davlat özining OTMlarida qilolmayotgan işlarni xususiydan talab qilib, ğirromlik qilmasligi şart.
Intervyuning qisqaça tezisi şunaqa. Töliği tepadagi videoda.
👉 @xushnudbek 👈
