Davlat xizmatçilarining 57,3 foizi iş vaqtidan taşqari işlaşga jalb etilişi maʼlum qilindi
“Yuksaliş” umummilliy harakati ötkazgan tadqiqotga köra, sörovda qatnaşgan 560 nafar davlat xizmatçilarining yarmidan köpi (57,3 foizi) iş vaqtidan taşqari işlaşga jalb etilişi haqida maʼlum qilgan.
📊 Anonim sörovnomada qatnaşgan respondentlarning:
- 36,8 foizi har kuni qöşimça 1-2 soat,
- 13,9 foizi har kuni keçki soat 22:00 gaça,
- 6,4 foizi keçki soat 00:00 gaça işlaşini bildirgan.
42,3 foiz iştirokçi esa mehnat qonunçiligiga mos ravişda har kuni belgilangan 8 soat işlaşini maʼlum qilgan.
Davlat xizmatçilarining:
➖ 31,6 foizi yiğilişlarda iştirok etmaydi;
➖ 41,3 foizi bir haftada 4 soatgaça;
➖ 11,4 foizi haftasiga 5-7 soat;
➖ 15,8 foizi haftasiga 8 soatdan köp vaqtini majlis va yiğilişlarga sarflaydi.
Majlisbozlik Buxoro, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida köp kuzatiladi.
👉 @xushnudbek 👈



