Davlat xizmatçilariga tadbirkorlik muassisi böliş taqiqlanadi
❗️Davlat xizmatçilariga tadbirkorlik muassisi böliş taqiqlanadi
Yuqorida aytilgan qonunga köra, quyidagi qoidalar belgilanmoqda:
⏩ Davlat fuqarolik xizmatini ötaşda mazkur Qonun bilan tartibga solinmagan munosabatlarga Mehnat kodeksi qöllaniladi.
📝 Davlat xizmatçisi öz rahbarining noqonuniy topşiriq va talablarini bajarişdan boş tortiş, korrupsiya haqida xabar berganda davlat himoyasida böliş huquqiga ega.
🚫 Davlat xizmatçisi tadbirkorlik bilan şuğullanişi, ularning muassisi bölişi, Özbekistondan taşqarida hisobvaraqlar oçişi, çet elda köçmas mulk olişi taqiqlanadi.
📋 Davlat xizmaçisi daromadlari va mol-mulki töğrisida deklaratsiya berişi kerak.
🏢 Prezident tomonidan tasdiqlanadigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining reyestri Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi tomonidan yuritiladi.
☑️ Davlat xizmatiga davlat tilini biladigan, tegişli malaka talablariga javob beradigan Özbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
❕Davlat xizmatçilari uçun 5 kunlik iş haftasi va haftasiga 40 soatdan oşmaydigan iş davomiyligi belgilanadi.
🔰 Davlat xizmatçilariga haq tölaş quyidagilardan iborat:
▫️bazaviy lavozim maoşi;
▫️köp yillik xizmati uçun qöşimça tölov;
▫️malaka darajasi uçun qöşimça tölov;
▫️eng muhim samaradorlik körsatkiçlarga erişganlik uçun ustama;
▫️hisobot davri yakunlari böyiça rağbatlantiruvçi tölovlar.
⚖️ Davlat xizmatçilariga hayfsan, jarima, işdan böşatiş bilan bir qatorda malaka darajasini pasaytiriş va lavozimini pasaytiriş tarzidagi intizomiy jazolar ham qöllaniladi.
➡️ Davlat xizmatçilariga 27 kundan kam bölmagan yillik asosiy taʼtil beriladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.
👉 @xushnudbek 👈

