Fikr

Deputatlarning yomon qarori

Matn3-iyun, 2023, 10:302 daqiqa0 koʻrish

Deputatlarning yomon qarori. Aniqroği deputatlar qöli bilan qilinayotgan notöğri qaror

Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi qarori bilan Toşkent şahrida jamoat transporti uçun egiluvçan tariflarning qöllanilişi keyinga qoldirilibdi. Aniqroği 1-avgustdan amalga kiritilar ekan.

Aslida Prezidentning 16-fevraldagi qaroriga köra, Toşkentda jamoat transportida yöl haqining egiluvçan (moslaşuvçan) tariflarini joriy etiş tizimi 1-apreldan amalga oşirilişi kerak edi.

Özlari mustaqil qaror qabul qiliş şijoatiga ega bölmagan (lekin qonunan huquqi bor, faqat foydalanişmaydi) deputatlar öz-özidan Prezident qarorida belgilangan qoidani ortga surmasligi, bunga jurʼati yetmasligi aniq. Demak, katta ehtimol bilan şunaqa topşiriq bölgan.

Iqtisodçi Otabek Bakirov bu böyiça quyidagiça fikr bildirmoqda:

“Siyosiy tadbirlar va siyosiy jarayonlarni deb öta muhim iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy qarorlarni keyinga qoldirişdan Özbekiston faqat yutqazadi va yutqazib kelmoqda. Uzoqqa bormaylik, energetika islohoti 2019-yilda amalga oşirilganida biz bu qadar ham siyosiy, ham iqtisodiy suverenitetga xavflar jamlangan jarlik yoqasiga kelib qolmagan bölardik. Avvaliga parlament saylovlari, keyin pandemiya, keyin prezident saylovi, keyin şimolda yuz bergan provokatsiya, keyin referendum ötkaziş deya keyinga surib kelinayotgan hayotiy muhim islohotdan yutqazganimiz hajmini heç kim hisoblab körgani yöq.

Qayd etiş zarurki, bugun amalga oşirilişi lozim işlarni bugunning özida amalga oşiriş böyiça Davlat rahbarida töliq va tökis mandat bor. Xalqning qöllovi ham. Şu maʼnoda, juda katta mablağ hisobiga yangilanayotgan jamoat transporti samarali faoliyat körsatişi uçun yangi tariflarga ötişning ahamiyatini pensionerdan talabagaça hamma tuşunib turibdi. Şunday vaziyatda jamoat transportidagi egiluvçan tariflarining keyinga surilişi yana 5-10 avtobus qiymatidagi ziyondan boşqa narsa bölmaydi.

Ötgan yili “oldinda muhim siyosiy tadbir bor”, deya 1-iyundan ğalla narxlarining erkinlaştirilişi yuz bermaganida, bu böyiça irodali qaror qabul qilinmaganida, non narxini, un narxini pasaytirib turiş kerak degan anomal telbaliklar haliyam davom etayotgan bölardi. Köringki, bugun heç kim un narxiniyam, non narxiniyam eslayotgani yöq, hammasini bozorning özi muvozanatga solmoqda”, — deydi Otabek Bakirov.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek