Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aholiga körsatiladigan asosiy xizmatlar va yordamlar
Yangi taşkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aholiga quyidagi asosiy ijtimoiy xizmatlar va yordamlar körsatiladi:
➖kam taʼminlangan oilalarga hamda mehnatga layoqatsiz aholiga nafaqalar va moddiy yordamlar beriş;
➖keksalar va nogironligi bölgan şaxslar hamda mehnat faxriylari uçun sanatoriylar hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni taşkil etiş;
➖aholini protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlaş;
➖nogironligi bölgan şaxslarni imtiyozli hamda bepul statsionar davolanişini taʼminlaş;
➖nogironligi bölgan şaxslarning yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlarini işlab çiqiş;
➖oğir ijtimoiy oilalar bilan işlaş;
➖ruhiy-ijtimoiy xizmatlarni körsatiş;
➖tazyiq va voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş;
➖yetim va çin yetimlar bilan manzilli işlaş;
➖ehtiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boşqa xizmatlarini körsatiş.
Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT), BMT Bolalar jamğarmasi (UNICEF) va Jahon banki tomonidan eʼlon qilingan qöşma bayonotda, Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi taşkil etilişini olqişlagan.
👉 @xushnudbek 👈


