Tushuntirish

DTM saytida tölovni qanday amalga oşirsa böladi?

Albom11-iyul, 2022, 18:002 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

❓DTM saytida tölovni qanday amalga oşirsa böladi?

✅ JAVOB: yoki onlayn tölov tizimlari orqali, yoki istalgan bank kassalaridan tölaş mumkin.

Agar siz maktab, litsey yoki kollejni avvalgi yillarda tugatgan bölsangiz, unda DTM saytida röyxatdan ötib, yönalişlarni tanlaganingizdan söng, maxsus çek paydo böladi (1-rasm).

Uşbu çekda 14 ta raqamdan iborat invoys raqami bor.

Öşa invoys raqamini elektron tölov tizimlarida DTM degan joyga kiritib tölaşingiz mumkin.

Yuqoridagi suratlarda PayMe, Click, Apelsin, UPay kabi tölov tizimlaridan skrinşot keltirganman. Uşbu tizimlar içida tölov qilinadigan sahifasini topiş juda oson, şunçaki qidiruv qismiga DTM deb yozsangiz kifoya.

Agar onlayn tölaş imkoningiz bölmasa, unda banklarga özingiz borib, DTM saytidagi çek rasmini körsatib, tölov qilişingiz ham mumkin.

❗️150 ming sömlik tölovni bölib-bölib tölaş mumkin. Faqat asosiysi 20-iyulgaça 100% tölov qilingan bölişi kerak.

‼️ Tölov qilmaganlar testga kiritilmaydi (joriy yil bitirganlar yoki tölovdan ozod qilingan toifadagilar bundan mustasno).

💬 Döstona maslahat. Tölovni oxirgi kun va oxirgi daqiqalargaça çözib yurmang. Öşa paytda serverga yuklama köpayib, texnik muammoga duç kelişingiz mumkin. Bu esa asabingizni buzadi, “endi nima böladi, testga kirolmay qolsamçi” degan xavotiringizni kuçaytiradi. Yaxşisi tinçgina vaqtliroq tölab qöyavering.

🔘@xushnudbekuz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek