Tushuntirish

Test uçun tölovni qaçongaça qiliş kerak?

Albom19-iyul, 2023, 09:312 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Test uçun tölovni qaçongaça qiliş kerak?
#abituriyent 

✅ JAVOB: Joriy yil bitirganlar uçun testga kiriş tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 165 ming söm (yarim “minimalka”) tölaşi kerak.

❗️Tölovni amalga oşirmagan abituriyentlar röyxatdan ötmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qöyilmaydi.

Uşbu tölovni bölib-bölib amalga oşirsa ham böladi, faqat 21-iyulga qadar (öşa kuni ham) tölanişi şart. Yaʼni qaçon röyxatdan ötganingizni farqi yöq, asosiysi tölovni 21-iyul soat 23:59 gaça tölaş şart.

‼️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik işlar bölsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama köpayib ketsa, kutilmaganda tölovni amalga oşira olmay qolişingiz mumkin. Masalan, men bugun ertalab özim uçun tölov qilmoqçi edim, ammo birorta onlayn tölov tizimi orqali buni amalga oşiriş imkoni bölmadi. Qaçon qarasa texnik profilaktika böladigan Munis degan tizim bu safar ham işlamayotgan ekan.

✅ Keyin soat 9 larga yaqin tizim işlab ketdi va tölov qila oldim. Hozir tizim işlayapti.

Şu sababli Sizlarga ham bugun yoki uzoği ertaga kunduzi tölov qilişni maslahat beraman. Oxiriga qoldirmang.

Kimlar tölovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçalari bitiruvçilari;
— töliq davlat taʼminotidagi şaxslar;
— nogironligi bor şaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan şaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek