Muhim

DXX: Andijonda ikki mansabdor şaxsning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi

Video11-noyabr, 2026, 18:453 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 101 ming

❗️DXX: Andijonda ikki mansabdor şaxsning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi

Paxtaobod tumani hokimi örinbosari va Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali mansabdori özaro til biriktirib, tadbirkorlik qilmoqçi bölgan fuqaroga hokimlik zaxirasidagi 50 sotix yerni auksionda arzon narxda yutib beriş evaziga 100 ming dollar talab qilgan.

Tezkor tadbirda uşbu ikki mansabdor şaxs söralgan pul mablaği hisobidan 30 ming dollarni uçinçi şaxs orqali olgan vaqtda ularning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek753 ming obunaçi