Toşkentda BRT koridori qariyb 23 kilometrga yetkazilib, Sergeli va Yunusobod tumanlarini boğlaydi
🚌 Toşkentda BRT koridori qariyb 23 kilometrga yetkazilib, Sergeli va Yunusobod tumanlarini boğlaydi
Yöl harakatini taşkil etiş markazi maʼlumotiga köra, poytaxtda avtobuslarning tezkor qatnov tizimi (BRT) koridori bosqiçma-bosqiç şakllanmoqda. U quyidagi köçalarni qamrab oladi:
➖ Şota Rustaveli köçasi — 6,5 km (BRT tizimi 2025-yildan buyon faoliyat yuritmoqda);
➖ Şahrisabz köçasi — 3,2 km (dastlabki 2,2 km foydalanişga topşirilgan, qolgan qismida işlar davom etmoqda);
➖ Amir Temur şoh köçasi — 7,6 km (BRT infratuzilmasini taşkil etiş işlari boşlangan);
➖ Yangi Sergeli köçasi — 5,5 km (dastlabki tayyorgarlik işlari olib borilmoqda).
🚦Koridor böylab svetoforlar yangilanib, keyingi bosqiçda “yaşil tölqin” tizimi joriy etiladi, köproq yölovçiga xizmat körsatişga möljallangan bekatlar va platformalar barpo etiladi.
Şuningdek, avtobuslar soni köpaytirilib, yönalişlar va qatnov jadvallari maqbullaştiriladi. Bekatlarda avtobuslarning yetib keliş vaqtini körsatuvçi elektron tablolar örnatiladi.
👉 @xushnudbek 👈


