DXX call-markazi işga tuşirildi
📞 DXX call-markazi işga tuşirildi
DXX vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini qabul qiliş maqsadida Call-markaz (1520 qisqa raqami) faoliyati yölga qöyildi.
Call-markaz quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlarni qabul qiladi:
🔹 Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bölgan tajovuzlar;
🔹 Davlat çegarasining qöriqlanişi va himoya qilinişiga böladigan tahdidlar;
🔹 Qurolli Kuçlar va mudofaa-sanoat majmuasida davlat xavfsizligiga böladigan tahdidlar;
🔹 terrorizm, ekstremizm, uyuşgan jinoiy guruhlarga oid;
🔹 qurol-yaroğ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir jinoyatlar;
🔹 davlat manfaatlariga tahdid soluvçi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar;
🔹 milliy, etnik va diniy adovatni tarğib etiş;
🔹 davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvçi huquqbuzarliklarning sodir etilişiga doir boşqa axborot.
Şu bilan birga, Jinoyat-prosessual kodeksining 345-moddasida belgilab qöyilgan va tergovi DXX vakolatiga kiritilgan Jinoyat kodeksining 150-163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.
Murojaat qilgan fuqarolarning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars


