Muhim
Toşkent viloyatida 13 ta noyob yodgorlikka 342 mlrd sömlik zarar yetkazildi
Foto14-may, 2025, 14:302 daqiqa0 koʻrish
🏛 Toşkent viloyatida 13 ta noyob yodgorlikka 342 mlrd sömlik zarar yetkazildi
Boş prokuratura xabariga köra, jami 13 ta yodgorlikka 342 mlrd söm zarar yetkazilgan. Xususan, Piskent tumanida miloddan avvalgi V asrga oid “Mingtepa” yodgorligining 7000 metr kub qismi buzilgan (231 mlrd söm), Oqqörğon tumanida esa V — VII asrlarga oid “Zokirtepa” yodgorligining 1400 metr kub qismi terak ekiş uçun qazilgan (44,6 mlrd söm).
Şu bilan birga, quyidagi holatlar aniqlangan:
— “Sançtepa” yodgorligining 129 metr kub qismi yöl oçiş uçun tekislanib 2,2 mlrd söm;
— Parkent tumanida Qoravultepa yodgorligining 941 m³ qismi va “Yertepa” yodgorligining 23 metr kub qismi buzilib, jami 16,4 mlrd söm;
— Ohangaron tumanida “Dumgalaktepa” (V — VI asrlar) yodgorligining 658 metr kub qismi texnika yordamida qazilib 21 mlrd söm;
— Yuqoriçirçiq tumanida “Xojakaytepa” (V — VII asrlar) yodgorligining 43 metr kub qismi tekislanib 1,3 mlrd söm;
— Örtaçirçiq tumanida “Tuyaböğiztepa” yodgorligining 54 metr kub qismi buzilib, 1,7 mlrd söm;
— Nurafşon şahrida “Çordaratepa” (III — VIII asrlar) yodgorligining 38 metr kub qismi buzilib 1,2 mlrd söm.
Holatlar böyiça jinoyat işlari qözğatildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


