Tezkor

DXX Toşkent viloyati va Qoraqalpoğistonda inspeksiya xodimlarini pora olayotganda qölga oldi

Video17-oktabr, 2023, 11:302 daqiqa0 koʻrish

DXX Toşkent viloyatida Soliq inspeksiyasi, Qoraqalpoğistonda esa Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi xodimlarini pora olayotganda qölga oldi

Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

➖Toşkent viloyati Yangiyöl tuman Soliq inspeksiyasi katta inspektori hamda Yangiyöl şahar Soliq inspeksiyasi şöba boşliği özaro til biriktirib, tadbirkorlik subyekti faoliyatida aniqlangan soliq qarzdorligini uning foydasiga hal qilib beriş evaziga 5 ming AQŞ dollari talab qilişadi.

DXX tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Soliq inspeksiyasi katta inspektori söralgan pul mablağidan 4500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. 

➖DXX tomonidan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda esa, Qoraqalpoğiston Respublikasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi xodimi qizilmiya ildizini qayta işlaşga ixtisoslaşgan xususiy korxonada sodir bölgan yonğin oqibatida vafot etgan 2 nafar işçining şartnoma asosida qonuniy işlagani haqida xulosa beriş evaziga 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek