Muhim

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi

Matn30-may, 2023, 20:241 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzEhtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar 8-iyunga qadar, 5 yillik stajga ega xotin-qizlar esa 1-iyunga qadar ariza topşirişlari mumkin.

❗️ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

➖ kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik örtaça daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan oşmaganda kam taʼminlangan deb eʼtirof etil tuşuniladi;

➖ töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

➖ turmuş örtoği vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolğiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

➖ nogironligi bölgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

➖ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida (ijarada) yaşayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolğiz ayollarning qiz farzandlari;

➖ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinçi yoki ikkinçi guruh nogironi bölgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

✅ Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barça talabgor xotin-qizlarga beriladi. Yaʼni tavsiyanomalar soniga çeklov yöq, neça kişi töğri kelsa, barçasiga beriladi.

❗️Tavsiyonoma berildi degani, öqişga kirdi degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball oliş ham talab etiladi. Köpçilik tuşunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega öqişga qabul qilinmadim” deb eʼtiroz bildiradi.
#abituriyent

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek