Tushuntirish

Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega saytda körinmayapti?

Matn7-iyun, 2026, 14:461 daqiqa0 koʻrish

❓Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega saytda körinmayapti?
#abituriyent

Köplab abituriyentlar xotin-qizlar uçun berilgan tavsiyanomalar my.uzbmb.uz saytida körinmayapti-ku, deb söraşmoqda.

Çunki Oila va xotin-qizlar qömitasi hozirça tavsiyanoma berilganlar röyxatini tegişli reyestrga kiritmagan. Şu sababli saytda körinmayapti.

Vazirlar Mahkamasining 402-sonli qaroriga köra, Qömita 14-iyunga qadar tavsiyanomalarning yakuniy röyxatini yetkazişi kerak.

❓Tavsiyanoma çiqmasa, özim qölda kiritsam böladimi?

Yöq, heç bir imtiyoz qölda kiritilmaydi. Hammasi avtomatik özi çiqadi. Faqat xorijiy sertifikatlargina qölda kiritiladi xolos, qolgan hammasi avtomatik körinadi.

Agar sizda my.gov.uz sayti orqali berilgan xotin-qizlar uçun tavsiyanoma bölsa-yu, lekin u saytda körinmayotgan bölsa, bundan xavotir olmang. Tavsiyanomalar qabul tugagungaça Bilimlarni baholaş agentligi bazasiga kiritiladi.

Va imtiyoz körinmayotgan bölsa ham, fanlar majmuasini tanlab qöysangiz bölaveradi. Hozir tanlasam, keyin imtiyoz qöşilmay qoladi, deb xavotir olmang.

✅ Taklif: joriy yildan tavsiyanomalarni beriş töliq onlayn (avtomat) rejimga ötganini hisobga olib, Bilimlarni baholaş agentligi bazasi bilan ham integratsiya qilib qöyilsa bölar ekan. Şunda my.gov.uz orqali tavsiyanoma berilişi bilanoq, bu my.uzbmb.uz saytida körinadigan bölardi. Xotin-qizlarda ham tuşunmovçilik bölmasdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek