Ekologiya vazirligi Toşkentda havo sifatini yaxşilaş böyiça çora-tadbirlarni taklif qilmoqda
Ekologiya vazirligi Toşkent şahrida atmosfera havosiga körsatilayotgan salbiy oqibatlarni kamaytiriş maqsadida quyidagi çora-tadbirlarni amalga oşirişni taklif qilinmoqda:
1️⃣ “Yevro-4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilğidan (AI-80 rusumli benzin) foydalanişni taqiqlaş;
2️⃣ avtotransport vositalari tirbandligini kamaytiriş va harakat xavfsizligini taʼminlaş maqsadida Toşkent şahri hududida kunning tiğiz vaqtlarida (ertalabki soat 07:00 dan10:00 ga qadar va 17:00 dan 20:00 ga qadar) yuk taşiş uçun möljallangan, vazni 3,5 va 12 tonnadan ortiq transport vositalarini harakatini çeklaş;
3️⃣ 2010-yilgaça işlab çiqarilgan barça toifadagi avtotransport vositalari harakatlanişini taqiqlaş, avtotransport vositalari egalariga zamonaviy avtotransport vositalariga ötiş uçun (elektro-mobil) imtiyozlar, pereferensiyalar va subsidiyalar berişni yölga qöyiş;
4️⃣ sönggi yillarda avtomobil yöllarida yuzaga kelayotgan tirbandliklarni kamaytiriş maqsadida tajriba tariqasida avtomobillar harakatini maqbullaştiriş uçun avtomobillarni “toq va juft” kunlarda boşqariş qoidasini joriy etiş;
5️⃣ şaharning diqqatga sazovor markaziy köçalarida avtotransport vositalaridan xoli hududlarni taşkil qiliş;
6️⃣ jamoat transportini töliq elektr, gaz-ballon yoqilğisi va boşqa muqobil yoqilği turlariga ötkaziş, şuningdek, yöl infratuzilmasini taşkil etiş;
7️⃣ barça turdagi quriliş obyektlarini (ijtimoiy va davlat ahamiyatiga oid obyektlar bundan mustasno) qurişga moratoriy eʼlon qiliş;
8️⃣ Toşkent viloyatining Toşkent şahriga tutaş tumanlarida sanoat maqsadlarida kömir yoqilğisidan foydalanişni taqiqlaş;
9️⃣ mikroiqlim mötadilligini taʼminlaş, atmosfera havosi sifatiga ijobiy taʼsir etiş maqsadida sunʼiy suv havzalarini barpo etiş;
🔟 Toşkent şahrida faoliyat körsatayotgan Issiqlik markazlarida zaxira yoqilğisi sifatida mazutdan foydalanişni keskin taqiqlaş;
1️⃣1️⃣ ilmiy va puxta işlangan xulosalar asosida şamol tezligini pasaytiriş, tuproq zarralari köçişining oldini oliş maqsadida Toşkent şahri atrofida “yaşil belboğ”lar barpo etiş;
1️⃣2️⃣ atmosfera havosining sifat körsatkiçini doimiy eʼlon qilib boradigan tablo va monitorlar örnatiş.
👉 @xushnudbek 👈

