Tushuntirish

Nega sönggi kunlarda Toşkent va Markaziy Osiyoning boşqa şaharlarida havo ifloslanişi kuçaydi?

Matn28-oktabr, 2026, 22:081 daqiqaTelegramʼdagi koʻrishlar: 145 ming

❓Nega sönggi kunlarda Toşkent va Markaziy Osiyoning boşqa şaharlarida havo ifloslanişi kuçaydi?

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tahliliga köra, 26-oktyabr kuni Markaziy Osiyoning 8 ta yirik şahridan 6 tasida havo sifati indeksi (AQI) 100 dan oşgan: 🇰🇬 Bişkekda 160, 🇺🇿 Toşkentda 157, 🇰🇿 Çimkentda 149. Poytaxtimizda sutkalik örtaça AQI 5 kunda 93 dan 164 ga yetgan.

Institut laboratoriya mudiri Erkin Abdulahatovning aytişiça, oktyabr oxirida antisiklon, şamolning susayişi, yoğingarçilik yöqligi va harorat inversiyasi tufayli transport, sanoat va energetikadan çiqadigan moddalar hamda tabiiy çang havoning quyi qatlamida töplanib qolgan.

🗓 Toşkentda 12–16-oktyabr kunlari olingan PM2,5 namunalarida tabiiy çang uluşi 39,7 foiz, yoniş jarayonlari uluşi 42,6 foiz bölgan. Çang faol bölgan 28-sentyabr–6-oktyabr kunlari esa tabiiy çang uluşi 64 foizga, ayrim namunalarda 78 foizgaça yetgan.

🇦🇺 Avstraliyaning Jeyms Kuk universiteti professori Ben Jarihanining qayd etişiça, Markaziy Osiyoda çang böronlari alohida ahamiyatga ega. Çunki çang uzoq masofalarga, hatto davlat çegaralaridan oşib tarqalişi mumkin. Şu sababli mintaqaviy hamkorlik juda muhim.

Mutaxassislar xulosasiga köra, ifloslaniş noqulay ob-havo, tabiiy çang va inson faoliyati bilan boğliq taşlamalarning özaro taʼsiri natijasidir. Muammoni hal qiliş uçun ifloslaniş kuçaygan kunlardagi vaziyatga munosabat bildirişning özi yetmaydi, uning manbalarini aniqlaş va taşlamalarni kamaytiriş zarur.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek