El-yurt umidi jamğarmasining stipendiyasida magistrlar uçun yoş senzi nega özgartirildi?
❓El-yurt umidi jamğarmasining stipendiyasida magistrlar uçun yoş senzi nega özgartirildi?
Avvalgi Nizom böyiça oçiq stipendiya tanlovida quyidagilar iştirok eta olmas edi:
a) bakalavriat taʼlim dasturlari böyiça — 25 yoşdan katta bölgan, avval öxşaş taʼlim yönalişi böyiça xorijda bakalavriatda taʼlim olganlar;
b) magistratura taʼlim dasturlari böyiça — 20 yoşdan kiçik va 45 yoşdan katta bölgan, şuningdek, avval öxşaş mutaxassislik böyiça xorijda magistraturada taʼlim olganlar;
v) doktorantura taʼlim dasturlari böyiça (şu jumladan aspirantura orqali falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini oliş uçun) — 22 yoşdan kiçik va 45 yoşdan katta bölgan, şuningdek, avval falsafa doktori (PhD), fan nomzodi yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini xorijda olganlar;
g) tanlangan mutaxassislik böyiça mehnat staji 2 yildan kam bölganlar;
2025-yil 5-maydagi yangi Nizom böyiça esa quyidagi şaxslarga iştirok etiş taqiqlandi:
a) bakalavriat taʼlim dasturi böyiça 30 yoşdan katta bölgan, şuningdek, avval öxşaş mutaxassislik böyiça xorijda bakalavriatda taʼlim olganlar;
b) magistratura taʼlim dasturi böyiça — 22 yoşdan kiçik va 40 yoşdan katta bölgan, şuningdek, avval ayni yoki turdoş mutaxassislik böyiça xorijda magistraturada taʼlim olganlar;
v) doktorantura taʼlim dasturi böyiça (şu jumladan, aspirantura orqali falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini oliş uçun) — 25 yoşdan kiçik va 45 yoşdan katta bölgan, şuningdek, avval falsafa doktori (PhD), fan nomzodi yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini xorijda olganlar, Özbekistonda fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olganlar;
g) magistratura taʼlim dasturiga hujjat topşirişda 1 yildan kam, doktorantura taʼlim dasturiga esa 2 yildan kam mehnat stajiga ega bölganlar;
Körib turganingizdek, bakalavr bosqiçi uçun yaxşi yangilik qilingan, yaʼni avval 25 yoşdan katta bölganlar qatnaşa olmas edi, hozir 30 yoşgaça ruxsat berildi.
Ammo magistratura bosqiçi uçun ham böyidan, ham enidan çopişibdi. Yaʼni 22 yoşdan kiçiklar va 40 yoşdan kattalar topşira olmaydigan qilişibdi. Avvalgi Nizomda 20 yoşdan kiçik va 45 yoşdan kattalarga ruxsat yöq edi.
Hozir 21 yoşda bölgan va nufuzli, kamida TOP-100 dagi oliygohlarning magistratura bosqiçiga kirgan bir neça yoşlar menga murojaat qilib, El-yurt umidi jamğarmasining stipendiyasiga hujjat topşira olmaganini aytişmoqda. Rad qilişning yagona sababi — ular 21 yoşda yoki hali 22 yoşga töliq tölmagan.
Men bu qarorni töğri yoki notöğri demoqçi emasman, çunki hozirça sabablarini bilmayman. Oçiq manbalarni qidirib kördim, ammo nega bunaqa özgariş kiritilganiga izoh topa olmadim (balki bordir-u, men körmagandirman).
Şu örinda masʼullarga bir neçta savollarim bor edi:
Magistratura uçun stipendiyaga 21 yoşli Özbekiston fuqarosi topşira olmasligiga sabab nima? Uning aybi nimada? Bu qaror ortida qanday argumentlar yotibdi? Qanday ilmiy tadqiqot yoki izlanişlar bunday qarorga kelişga sabab böldi?
Va yana bir savol: 21 yoşlilar endi nima qilişi kerak? Ularga qanday yöl-yöriq, yordam va maslahatlar beriladi? Yoki şunçaki "yoşing töğri kelmadi", deb köksidan itaramiz xolosmi?
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



