Muhim

Texnikumlarda dual taʼlim öquvçilariga stipendiya tölaş tartibi böyiça nizom tasdiqlandi

Matn1-iyul, 2026, 15:191 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Texnikumlarda dual taʼlim öquvçilariga stipendiya tölaş tartibi böyiça nizom tasdiqlandi

Unga köra, 2026/2027-öquv yilidan texnikumlarda dual taʼlimda tahsil olayotgan öquvçilarga stipendiya tölaş amaliyoti yölga qöyiladi. Bunda:

— har bir dual taʼlim öquvçisiga fanlarni özlaştiriş natijalaridan qatʼi nazar BHMning 1 baravari miqdorida stipendiya tölanadi;

— fanlarni özlaştiriş körsatkiçlari 85 foizdan yuqori yoki kasblar böyiça respublika/xorijiy tanlovlar ğolibi bölgan öquvçilarga BHMning 3 baravari miqdorida stipendiya tayinlanadi.

Stipendiya tayinlaş va tölaş jarayonlari maxsus elektron platforma orqali amalga oşiriladi. Bunda esa:

— dual taʼlim jarayonida texnikumning guruh rahbari va korxona (taşkilot) tomonidan biriktirilgan ustoz öquvçilarning kunlik davomatini platformaga muntazam kiritib boradi;

— platformaga kiritilgan davomat maʼlumotlari öquvçilarni baholaş hamda stipendiya tayinlaş böyiça xulosa çiqarişda inobatga olinadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek