Endi Özbekistonda kripto-aktivlardan tölov vositasi sifatida foydalaniş mumkin
❗️Endi Özbekistonda kripto-aktivlardan tölov vositasi sifatida foydalaniş mumkin
Bu böyiça idoraviy hujjat davlat röyxatidan ötkazildi (röyxat raqami 3818, 15.04.2026 y.).
📝 Unga köra, barqaror token (stablecoin) qiymati milliy yoki xorijiy valyutaning nominal qiymatiga teng bölgan token (kripto-aktiv) turi hisoblanadi.
📤 Maxsus rejim doirasida Özbekiston rezidenti bölgan yuridik şaxslar barqaror tokenlarni çiqarişi mumkin.
📑 Maxsus rejim doirasida quyidagi tajriba-sinov loyihalari amalga oşirilişi mumkin:
▪️milliy va (yoki) xorijiy valyuta bilan taʼminlangan barqaror tokenlarni çiqariş;
▪️Özbekiston hududida barqaror tokenlardan tölov vositasi sifatida foydalaniş;
▪️xalqaro ötkazmalarni amalga oşiriş uçun barqaror tokenlardan foydalaniş;
▪️blokçeyn texnologiyasi asosida faoliyat yurituvçi tölov tizimlarini yaratiş.
💰 Barqaror tokenlarni çiqariş uçun taʼminot sifatida faqat Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qöyilgan milliy va (yoki) xorijiy valyutadagi pul mablağlaridan foydalanilişi lozim.
🚫 Barqaror tokenlarga taʼminotni şakllantiriş uçun kredit yoki garovga olingan mablağlar yoxud boşqa jalb qilingan mablağlardan foydalanişga yöl qöyilmaydi.
📄 Arizaçilar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlarni körib çiqiş hamda maxsus rejim iştirokçisini röyxatdan ötkaziş bepul amalga oşiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 9 Telegram Stars



