Muhim

Özbekiston tölov tizimlaridagi pul ötkazmalari ustidan nazorat kuçaytiriladi

Matn4-aprel, 2025, 09:551 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

💳 Özbekiston tölov tizimlaridagi pul ötkazmalari ustidan nazorat kuçaytiriladi

2025-yil 2-iyuldan boşlab tölov tizimlari, elektron pullar tizimlari va tölov taşkilotlari faoliyati ustidan nazorat kuçaytiriladi. Bu boradagi tartiblar Markaziy bank va Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan tegişli qaror işlab çiqilgan.

📌 Uşbu qarorga köra, tölov taşkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni tekşiriş böyiça mustaqil çoralar körişi şart:

➖ jismoniy şaxs tölov taşkiloti mobil ilovasi orqali akkaunt oçiş uçun murojaat qilganda;
➖ Elektron terminaldan (E-POS) foydalaniş uçun murojaat qilganda;
➖ BHMning 500 baravariga teng (187,5 million söm) yoki undan oşgan summada tölov taşkiloti mobil ilovasida akkaunt oçmasdan yoki mobil ilovasidagi akkauntdan foydalanmasdan operatsiyalarni amalga oşirişda;
➖ mijoz töğrisida avval olingan maʼlumotlar töğriligiga yoki yetarli ekanligiga nisbatan gumonlar mavjud bölganda.

💰 11,25 mln sömdan yuqori elektron pul ötkazmalarida jönatuvçi va oluvçi haqidagi töliq identifikatsion maʼlumotlar ilova qilinişi majburiy:

➖ Jismoniy şaxslar uçun: pasport yoki ID-karta raqami, tuğilgan sana va joy;
➖ Yuridik şaxslar uçun: taşkilot nomi, STIR.

Şuningdek, har bir operatsiya uçun tavakkalçilik darajasiga mos aniqlik darajasi belgilanadi va identifikatsiya maʼlumotlari alohida tartibda yuritiladi.

Mazkur çoralar pul yuviş, terrorizm va ommaviy qirğin qurollarini moliyalaştirişga qarşi kuraşiş maqsadida joriy etilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 7 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek