ReklamaTushuntirish

Endi reklamalar albatta özbek tilida berilişi kerak

Matn20-sentabr, 2022, 15:042 daqiqa0 koʻrish

Endi reklamalar albatta özbek tilida berilişi kerak. Boşqa xorijiy tillarda ham bersa böladi, faqat buning öziga xos şartlari bor

«Reklama töğrisida»gi qonunning yangi tahriri kuçga kirganiga roppa-rosa 10 kun böldi. Demak, yangi talablar allaqaçon kuçga kirdi.

Şunday talablardan biri — Özbekiston hududida reklama davlat tilida, yaʼni özbek tilida tarqatilişi kerakligi.

Bu haqda bir oy avval Şahnoza Soatova öz Telegram kanalida yozgan edi. Va hattoki masʼul taşkilotlardan uşbu talabni nazorat qiliş kerakligi, tadbirkorlarga tuşuntiriş, ularni tayyorlaş lozimligini ham aytgandi.

Ammo uşbu QONUNIY va MANTIQIY talab kutilmaganda (aslida kutilganda) provokatsiyaga uçragandi. Yaʼni Özbekistonda boşqa tillardagi reklamalarga taqiq qöyildi, deb ovoza qilişdi, negadir Şahnoza opani rosa malomat qilişdi. Aslida bu vaziyatni mutlaqo notöğri talqin qiliş edi.

Birinçidan, Özbekistonda davlat tili maqomiga ega ikkita til bor. Asosiysi özbek tili — butun respublika hududida, ikkinçisi qoraqalpoq tili — Qoraqalpoğiston hududida. Tamom. Boşqa birorta tilga ustunlik va rasmiy maqom berilmagan. Buni provokatsiya qilayotganlar unutib qöymasligi kerak.

Ikkinçidan, yangi qonun talablariga köra, boşqa tillarda ham bemalol reklama tarqatsa böladi. Faqat bir neçta şartlarga rioya qiliş kerak. Butunlay taqiqlandi, deb paşşadan fil yasaş notöğri.

❓Boşqa tillarda reklama berişning qanday şartlari bor?

«Reklama töğrisida»gi qonunning 6-moddasiga binoan, reklama mazmunining tarjimasi quyidagi hollarda boşqa tillarda takror berilişi mumkin:

1️⃣ reklamaning boşqa tillardagi tarjimasi uning özbek tilidagi asosiy maʼnosini buzib körsatmasligi kerak;

2️⃣ taşqi reklamadagi boşqa tillardagi reklama matni özbek tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylaştirilişi va umumiy reklama maydonining qirq foizidan oşmasligi kerak;

3️⃣ boşqa tillardagi reklama matni harfining ölçami özbek tilidagi reklama matni harfining ölçamidan kiçik bölişi kerak;

4️⃣ tele- va radiokanallarda, şuningdek bosma naşrlarda tarqatiladigan boşqa tillardagi reklama har kungi umumiy reklama hajmining yigirma foizidan oşmasligi kerak.

Eslatma: bu qoidalar faqat çet tillarda eʼlon qilinadigan OAVlar (yoki boşqa tillardagi dasturlar)da joylaştiriladigan reklamaga nisbatan tatbiq etilmaydi.

❗️Demak, ommaviy axborot vositalari, reklama faoliyati bilan şuğullanuvçi subyektlar, şuningdek, tadbirkorlar, taşkilot, korxona va kompaniyalar uşbu qoidalarni yaxşilab örganib çiqişlari va kelgusi faoliyatida bunga amal qilişlari kerak.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi hamda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantiriş departamenti uşbu qoidalarga qatʼiy amal qilinişi böyiça nazoratni kuçaytirişi şart. Bu ham qonunlarga, ham davlat tiliga nisbatan hurmat deganidir.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek