Tushuntirish

Takomillaştirilgan özbek alifbosi haqidagi qonun yuzasidan ayrim izohlar

Matn21-oktabr, 2026, 15:071 daqiqaTelegramʼdagi koʻrishlar: 168 ming
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXabar

Qonun yuzasidan ayrim izohlar:

⏳Bugun imzolangan qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ötgaç kuçga kiradi. Bugun yoki ertadan hammayoq özgarişi şart emas.

⌨️ Bu davrda takomillaşgan harflarni amaliyotga joriy etiş çoralari köriladi. Masalan, texnologik kompaniyalar bilan hamkorlikda kompyuter hamda telefon qurilmalariga özbek alifbosiga mos terilmalarni örnatiş işlari olib boriladi. Yaʼni ortiqça dastur yoki ilova yuklab olişga hojat qolmaydi.

✅ Şuningdek, Qonun kuçga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida rasmiylaştirilgan hujjatlarda, milliy valyutada va qimmatli qoğozlarda uşbu Qonun tahriri asosida takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölişi ularning amal qilişiga va muomalada bölişiga monelik qilmaydi.

Davlat organlari va taşkilotlarining uşbu Qonun tahriri asosida takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölgan ramziy belgilari va boşqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining börtma tasviridan, şuningdek geografik obyektlarning nomlari tuşirilgan peşlavha va körsatkiçlardan hamda Hukumat tomonidan belgilanadigan boşqa aşyolar va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud uşbu Qonunning ijrosini amalga oşirişga doir çora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.
 

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Şavkat Mirziyoyev butunjahon sammiti iştirokçilariga tabrik yölladi

    Telegramʼdagi koʻrishlar: 151 ming1 daqiqa

  2. Bugun Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrif buyuradi

    Telegramʼdagi koʻrishlar: 165 ming1 daqiqa

  3. Para Osiyo öyinlari — 2026

    Telegramʼdagi koʻrishlar: 166 ming2 daqiqa

Yana oʻqing