Muhim

Endi taʼlim tili özbek tili bölmagan sinf bitiruvçilari ham davlat tilidan imtihon topşiradi

Matn27-fevral, 2025, 15:162 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Endi taʼlim tili özbek tili bölmagan sinf bitiruvçilari ham davlat tilidan imtihon topşiradi

Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning tegişli buyruği bilan, umumiy örta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi ötkaziladigan fanlar röyxati va imtihon ötkaziş şakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni biliş darajasini baholovçi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar röyxati tasdiqlandi.

Unga köra, 9-sinf öquvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagi fanlardan böladi:

📚Ona tili va adabiyoti (taʼlim özbek tilida olib boriladigan sinflar uçun) fanidan – yozma;
📚Davlat tili (taʼlim tili özbek tili bölmagan sinflar uçun)dan – yozma;
📚Matematikadan – yozma;
📚Özbekiston tarixidan – yozma/oğzaki;
📚Jismoniy tarbiyadan – amaliy şaklda ötkaziladi.

11-sinf öquvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagi fanlardan bölib ötadi:

📚Ona tili va adabiyoti (taʼlim özbek tilida olib boriladigan sinflar uçun) fanidan – yozma;
📚Davlat tili (taʼlim tili özbek tili bölmagan sinflar uçun)dan – yozma;
📚Matematika (asosiy) / matematika (çuqurlaştirilgan)dan – yozma;
📚Tarixdan – yozma.

Öquvçining tanlovi böyiça:

📚Ona tili va adabiyoti (taʼlim qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirğiz tilida bölgan sinflar uçun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
📚Çet tilidan – yozma/oğzaki şaklda ötkaziladi.

❗️Maʼlumot uçun, 2025-yilidan boşlab taʼlim özbek tilida olib borilmaydigan umumiy örta taʼlim muassasalarining 11-sinf bitiruvçilari uçun ham davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topşiriş majburiy böladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 7 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek