Tushuntirish

Endi vazirlar deputat böladimi?

Matn30-oktabr, 2024, 22:252 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Endi vazirlar deputat böladimi?

✔️Qisqa javob: menimça, yöq, bironta vazir deputat bölmaydi.

✅ Batafsil javob: joriy yilgi saylovlarda yangiça tizim ilk marta sinovdan ötdi. Yaʼni ilgari saylovçilar faqat konkret nomzodga ovoz berardi. Falonçi, pistonçi deb byulletenda yozilgan bölardi.

Joriy yilda öşa konkret 75 nafar nomzodlardan taşqari yana 75 ta joy uçun partiyalarga ham ovoz beriş qöşildi. Yaʼni siz byulletenda partiya nomini tanladingiz.

Har bir partiya saylovdan oldin 75 ta örin uçun 100 nafar öz nomzodlari röyxatini eʼlon qildi. Ular orasida vazirlar, maşhur insonlar, jamoatçilik faollari bor edi. Boşqaça aytganda, bu öziga xos "terma jamoa". Bizning partiyada şunaqa zör odamlar bor, bizga ovoz bering, deyişdi.

Qoida tariqasida, "A" partiya saylovda 30 ta örin olsa, unda haligi 100 kişilik röyxatdagi 1 dan 30-raqamgaça bölgan nomzodlar deputatlikka saylanişi kerak edi. Ammo amalda unday bölmaydi. Saylov kodeksiga köra, saylangan şaxs deputatlikdan öz ixtiyori bilan voz keçişi mumkin. Şunda pastdagilar tepaga kötariladi.

Jaydari tilda, futbol jamoasi misolida aytsak, siz saylovda "Real Madrid" uçun ovoz berişingiz mumkin, ammo asosiy tarkibda qaysi 11 nafar futbolçi maydonga tuşişini hal qilolmaysiz.

Xullas, partiyalarning öşa 100 kişilik röyxati reklamaga öxşagan narsa edi. Öziga xos siyosiy texnologiya deyiş mumkin.

Yana qaytaraman, şaxsiy fikrimça, saylangan bironta vazir deputatlikka ötmaydi. Barçasi ixtiyoriy rad qiliş haqida ariza yozib beradi. Aniq javobni tez orada bilib olamiz.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek