Özbekistonda 2025-yil yakuniga qadar 32 mingdan ortiq elektromobillarni quvvatlantiriş stansiyalari quriladi
🚘 Özbekistonda 2025-yil yakuniga qadar 32 mingdan ortiq elektromobillarni quvvatlantiriş stansiyalari quriladi
Bu böyiça Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Unga köra, 2025-yilning 1-fevralidan boşlab, quvvatlantiriş stansiyalari quyidagi turdagi obyektlarda örnatiladi:
🔹 davlat organlari;
🔹 savdo va biznes markazlari;
🔹 köngiloçar va dam oliş maskanlari;
🔹 avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari;
🔹 mehmonxonalar;
🔹 xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yöllari böyidagi infratuzilma obyektlaridagi avtoturargohlarda.
Bunda, avtoturargohlarning kamida 5 foizi (lekin, bitta joydan kam bölmagan holda) quvvatlantiriş stansiyalarini joylaştiriş uçun ajratiladi.
🔰Şuningdek, yakka tartibdagi va köp kvartirali uy-joylar hududida, şu jumladan, köp kvartirali uy- joylar avtoturargohlarida eng yuqori quvvati 22 kVt bölgan stansiyalar örnatiladi.
Stansiyalarni örnatiş joylari “K- SAVDO ” AAT orqali elektron onlayn- auksionga çiqargan holda ijaraga beriladi.
📄 Stansiyalar örnatiladigan hududlar 120 oygaça foydalaniş huquqi asosida auksion orqali sotiladi yoki ijaraga beriladi.
👉 @xushnudbek 👈


