Eng yaxşi savol uçun avtomobil berildi!
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzKörsatuvning yil finalida mukofot jamğarmasi 2 mln 617 ming rublni taşkil etdi. Muallif öyindagi qiziqarli savollardan birini öquvçilarga havola qildi.🚗 Eng yaxşi savol uçun avtomobil berildi!
2017-yilda Rossiyadagi “Çto? Gde? Kogda?” körsatuvida savol mualliflari uçun beriladigan mukofot pullariga havasim kelib Facebook'da post yozgandim. Bizda ham bölarmikin, şunaqasi, degandim. Çunki öşanda yil finalida eng yaxşi savol muallifi bölgan Tatyana Frolova 1,5 mln rubl (203 mln söm) işlab topgandi.
Mana, yillar ötib, bizda ham şunaqasi bölar ekan, Xudoga şukr. Qaçonlardir “Zakovat”da bitta savol uçun maşina beriladi, deyişsa, unçalik işonmagan bölardim.
"Zakovat"ning 25 yillik yubileyi mavsumida ötgan yil finali bahsida Alişer Navoiy haqidagi ajoyib savoli bilan 17 yoşli Muhammadjon Maxadaliyev yilning eng yaxşi bilimdoni deb topildi va elektromobil krossover sohibiga aylandi.
Muhammadjon Toşkent viloyati Qibray tumanida istiqomat qiladi. Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti talabasi.
👏Qoyil! Muhammadjonni tabriklaymiz! Tagidan şamol ötib yursin, yaxşi kunlarda xizmat qilsin.
Körsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki
👉 @xushnudbek 👈
- 8 Telegram Stars



