Tezkor

Eron Isroil tomon raketalar uçirdi

Albom1-oktabr, 2024, 22:392 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Eron Isroil tomon raketalar uçirdi. OAVning xabar berişiça, raketalar soni 400 ga yaqin (keyinçalik 181 ta raketa uçirilgani maʼlum qilindi).

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolardan körinadiki, Isroilning «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi raketalarning barçasini ham urib tuşira olmagan, ayrim raketalarning yerga tuşgani ham aks etgan.

Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi Isroilga hujumni «Hizbulloh» yetakçisi Hasan Nasrulloh, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya va «Al-Quds» kuçlari qömondoni öldirilgani uçun qasos, deb eʼlon qildi.

Eron tomoni agar Isroil Eronning raketalariga javob qaytarsa, "qaqşatqiç zarbalar" berilişi bilan tahdid qildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek