Tezkor

AQŞ va Isroil Eron hududiga keng kölamli hujum boşladi

Matn28-fevral, 2026, 16:052 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

AQŞ va Isroil Eron hududiga keng kölamli hujum boşladi

Bugun, 2026-yil 28-fevral kuni ertalab AQŞ va Isroil qurolli kuçlari Erondagi harbiy va strategik obʼektlarga nisbatan "Epic Fury" (Dahşatli ğazab) operatsiyasini boşladi.

Voqealar xronologiyasi:

➖ Tongda Tehron, Isfaxon, Qum, Karaj va Kermonşoh şaharlarida kuçli portlaşlar qayd etildi. Hujumda aviataşuvçi kemalar va mintaqadagi bazalardan kötarilgan önlab qiruvçi samolyotlar hamda qanotli raketalar iştirok etmoqda;
➖ AQŞ Prezidenti Donald Tramp rasmiy bayonot bilan çiqib, Eronda "yirik jangovar operatsiyalar" boşlanganini tasdiqladi. Uning sözlariga köra, maqsad — Eronning raketa salohiyatini yöq qiliş va yadroviy qurol loyihasining oldini oliş;
➖ Isroil Mudofaa vaziri Israel Kats uşbu hujumni "mavjud tahdidni bartaraf etiş" uçun amalga oşirilgan "preventiv zarba" deb atadi;
➖ Eron Oliy rahnamosi Humayniy qarorgohi va Mudofaa vazirligi binolari yaqinida portlaşlar sodir bölgani xabar qilindi. Eron öz havo hududini fuqaro aviatsiyasi uçun yopdi;
➖ Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IRGC) javob qaytarişni boşladi. Isroil va AQŞning mintaqadagi bazalariga raketa zarbalari berilgani haqida xabarlar kelib tuşmoqda.

Eronning javob zarbalari:

➖ Bahrayn: AQŞ Harbiy-dengiz kuçlarining 5-floti ştab-kvartirasi raketa hujumiga uçradi.
➖ Qatar va Kuvayt: Al-Udeid va Al-Salom aviabazalari yönalişida portlaşlar va raketalarni tutib qoliş holatlari kuzatilgan.
➖ BAA: Dubay va Abu-Dabi osmonida portlaş tovuşlari eşitilgan, havo hujumidan mudofaa tizimlari işlamoqda. Eron hujumlari natjasida 1 kişi halok bölgani aytilmoqda;
➖ Isroil: Mamlakat böylab favqulodda holat eʼlon qilindi, maktablar yopildi, aholi boşpanalarga yönaltirildi. Özbekiston elçixonasi Isroildagi yurtdoşlarimizni himoyalangan xavfsiz hududda böliş va imkon qadar köçaga çiqmaslik haqida ogohlantirmoqda.

Hozirgi holat:

Mintaqadagi köplab aviakompaniyalar parvozlarni töxtatgan. Vaziyat keskinlaşişda davom etmoqda. Ekspertlar buni sönggi ön yilliklardagi eng yirik mintaqaviy töqnaşuv deb baholamoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek