Fikr

Fabio Kannavaro afsonaviy futbolçi, 2006-yilda Jahon çempioni bölgan, öşa yili «Oltin töp» ham olgan

Matn2-oktabr, 2025, 21:522 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzFabritsio Romanoning yozişiça, Fabio Kannavaro Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi bölişga oğzaki rozilik bergan, şartnoma tez orada imzolanadi.

Fabio Kannavaro afsonaviy futbolçi, Italiya terma jamoasining sardori sifatida 2006-yilda Jahon çempioni bölgan, öşa yili “Oltin töp” ham olgan.

Lekin u murabbiy sifatida bironta tayinli natijaga erişmagan. Katta xalqaro tajribasi bor, deb ham aytolmaymiz.

Kannavaroning turli jamoalar boş murabbiyligidagi statistikasi quyidagiça:

▪️"Al-Nassr" (🇸🇦Saudiya Arabistoni) — 14 öyin: 6 ğalaba, 5 durang, 3 mağlubiyat;
▪️"Tyanszin Syuanszyan" (🇨🇳Xitoy) — 50 öyin: 28 ğalaba, 10 durang, 12 mağlubiyat;
▪️"Guançjou Evergrand" (🇨🇳Xitoy) — 125 öyin: 79 ğalaba, 23 durang, 23 mağlubiyat;
▪️🇨🇳Xitoy milliy terma jamoasi — 2 öyin: 2 mağlubiyat;
▪️"Benevento" (🇮🇹Italiya) — 17 öyin: 3 ğalaba, 7 durang, 7 mağlubiyat;
▪️"Udeneze" (🇮🇹Italiya) — 6 öyin: 2 ğalaba, 3 durang, 1 mağlubiyat;
▪️"Dinamo Zagreb" (🇭🇷Xorvatiya) — 14 öyin: 7 ğalaba, 2 durang, 5 mağlubiyat.

🏆 Erişgan natijalari: 1 martadan Xitoy çempionligi, superkubogi va 1-ligasi (Xitoy Superligasidan bir poğona quyidagi çempionat) çempionligi.

❌ U 2024-yil oxirida hozirça sönggi jamoasi "Dinamo Zagreb" bilan 1,5 yillik şartnoma imzolab, 3,5 oydan söng, qoniqarsiz natijalar sababli boş murabbiylikdan ketkazilgan.

Öz tarixida ilk marta Jahon çempionatiga çiqqan Özbekiston milliy terma jamoasi uçun nega bu variant tanlanganiga masʼullar izoh berişsa, yomon bölmasdi.

Işqilib, oxiri baxayr bölsin. Balki xavotirlarimiz örinsizdir, Kannavaro bilan tarixiy natija körsatarmiz, kim bilsin.

👉@xushnudbek👈

  • 10 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek