Fikr

Fabio Kannavaro natijadan bir gramm ham afsusda emasligi körinib turdi, ziğirça ham qayğurmayapti

Matn28-iyun, 2026, 07:371 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Matbuot anjumanida Fabio Kannavaro natijadan bir gramm ham afsusda emasligi körinib turdi, ziğirça ham qayğurmayapti, bir oğiz uzr ham söragani yöq.

Topgan gapi, “bu birinçi marta, bu bizga tajriba böladi”, degan yuz marta qaytarilgan gaplar.

Şu paytgaça biron işni qoyil qilmagan murabbiy bizga kelganda nimadir qila oladimi özi?

Agar Kannavaro faqat jamoaga motivatsiya beriş uçun kelgan bölsa, unda uning örniga bironta yaxşi psixolog yollay qolaylik, arzonga tuşadi.

Bu murabbiy bilan Osiyo kubogida nimadir qila olişimizga futbol rahbarlarining közi yetyaptimi? Aniqmi?

Xöp, mayli, biz işonamiz va unga yana imkon beramiz. Lekin kimdir javobgarlikni zimmasiga olişi kerak. Futbol assotsiatsiyasidan kimdir çiqib aytsin, “men javob beraman, işoninglar, bu murabbiy bilan hali yorvoramiz, unaqa bölmasa, men javobgar bölaman” desin.

Bormi şunaqa mard? Agar yöq bölsa, özingiz ham işonmayotgan bölsangiz, unda murabbiy masalasini jiddiyroq öylab köringlar. Haliyam keç emas.

👉 @xushnudbek 👈

  • 74 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek