Muhim

Farğonada ovqatdan zaharlanişda gumonlangan 57 kişi şifoxonaga yotqizildi

Matn18-sentabr, 2026, 22:191 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Farğonada ovqatdan zaharlanişda gumonlangan 57 kişi şifoxonaga yotqizildi

Keça va bugun Uçköprik tumanida yaşovçi fuqarolar holsizlik, köngil aynişi va iç ketişi kabi şikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan.

Dastlabki epidemiologik suriştiruvda ular tumanning Navrözşoh köçasidagi “fast food” mahsulotlari tayyorlaydigan şoxobçalardan birida hot dog va non-burger kabi mahsulotlarni isteʼmol qilgani aniqlangan.

Hozirgaça jami 57 nafar fuqaro tibbiy yordam sörab murojaat qilgan va şifoxonaga yotqizilgan.

Ayni paytda bemorlarga tibbiy yordam körsatilmoqda. Tadbirkorlik subyektining faoliyati vaqtinçalik töxtatildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek