Pedagoglarning farzandlari uçun kontrakt töloviga 30 foiz çegirma beriladi
❗️RASMAN: Pedagoglarning farzandlari uçun kontrakt töloviga 30 foiz çegirma beriladi
2026/2027-öquv yilidan boşlab har yili pedagoglarning davlat oliy taʼlim taşkilotlariga bakalavriat bosqiçida kunduzgi taʼlim şakliga öqişga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlari uçun tölov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida çegirma joriy etiladi. Bu haqda tegişli Hukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) qabul qilindi,
👥 Çegirma har bir farzand uçun alohida qöllanadi. Demak, bir neça farzand kontraktda öqisa, barçasi uçun alohida 30 foizlik çegirma beriladi.
📝 Çegirma oliş uçun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuboriş kerak. Ariza 2 iş kunida körib çiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangaç, çegirma avtomatik qöllanadi.
❌ Quyidagilarga çegirma berilmaydi:
➖ oliy harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim taşkilotlari uçun;
➖ nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari uçun;
➖ Özbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim taşkilotlari va ularning filiallari uçun;
➖ qöşimça va tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt uçun;
➖ xorijiy hamkor OTMlarning qöşma taʼlim dasturlari asosida va fakultetlari uçun;
➖ keçki, masofaviy hamda sirtqi taʼlim şakli uçun.
🔁 Pedagog farzandlariga çegirma öquv yili uçun bir marotaba qöllaniladi. Demak, har yili qaytadan çegirma oliş mumkin.
❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan çiqarilgan taqdirda, keyingi öquv yilidan boşlab unga çegirma qöllaş töxtatiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 10 Telegram Stars


