Jizzax viloyati Foriş tumanidagi boğçalarda ham 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi
❗️Jizzax viloyati Foriş tumanidagi boğçalarda ham 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi
Tuman hokimligining maʼlum qilişiça, keça, 9-oktyabr kuni soat 09:00 lardan 16:00 ga qadar bölgan vaqt davomida tumandagi 1, 3, 5 va 7-sonli davlat boğçalarining 3 yoşdan 7 yoşgaça bölgan 37 nafar tarbiyalanuvçisi isitma kötarilişi, köngil aynişi, qorin oğriği, iç ketiş va holsizlik kabi şikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan.
Maʼlum bölişiça, ular 8-oktyabr kuni boğçalarida biokefir, pişloq va sariyoğ kabi mahsulotlarni isteʼmol qilişgan. Bolalarga anamnez va birinçi tekşiruvlar asosida “ötkir diareya” taşxisi qöyilib, statsionar ravişda tibbiy yordam körsatilgan.
Dastlabki xulosalarga köra, boğçalarda ommaviy zaharlaniş yuzaga kelişiga oziq-ovqat mahsulotlarini taşiş, saqlaş, işlov beriş jarayonlaridagi sanitariya qoida va normalarining buzilişi sabab bölgan bölişi mumkin.
Mazkur holat yuzasidan Foriş tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, suriştiruv işlari olib borilmoqda.
- 3 Telegram Stars



