Jizzaxda boğçadan çiqib ketgan bola vafot etişi ortidan nodavlat boğça yopiladigan böldi

Matn19-fevral, 2024, 18:121 daqiqa0 koʻrish

15-fevral kuni Jizzax viloyati Döstlik tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotida 2−3 nafar bola nazoratsiz qolişi tufayli köçaga çiqib ketgan. Ularning biri ariqqa tuşib ketib, vafot etgan. Holat yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekşiruv ötkazmoqda. Maktabgaça taʼlim agentligi mazkur boğça yopilişini maʼlum qildi.

Agentlikning qayd etişiça, mazkur oilaviy maktabgaça taʼlim taşkiloti bilan 2023-yil aprel oyida tuzilgan bitimda quvvat 18 örin deb belgilangan.

“Bolalar boğçasi” maxsus axborot tizimida haqiqatdan 15-fevral holatiga bolalar soni 18 nafarni taşkil etgan. Ammo vafot etgan bola B.P. taşkilotga qatnovçi bolalar röyxatiga kiritilmagan, yaʼni noqonuniy tartibda qatnagan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek