Muhim

Fuqarolariga nisbatan noinsoniy munosabat yuzasidan Özbekiston tomoni Rossiyaga nota yubordi

Foto11-iyun, 2025, 12:082 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Fuqarolariga nisbatan noinsoniy munosabat yuzasidan Özbekiston tomoni Rossiyaga nota yubordi

Keça Taşqi işlar vazirligida Rossiya tomoni bilan har oy migratsiya masalalari böyiça ötkaziladigan navbatdagi uçraşuv taşkil etilgan.

Unda Rossiya hududida ayrim holatlarda Özbekiston fuqarolariga nisbatan ruxsatsiz tekşiruvlar, hurmatsizlik va qöpol muomalalar kuzatilayotgani töğrisidagi xabarlar taşviş uyğotayotgani taʼkidlangan.

"Özbekiston Respublikasi xorijda yaşayotgan va vaqtinça bölib turgan fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilişni özining ustuvor vazifasi deb biladi.

Uşbu masala yuzasidan Özbekistonning Moskva şahridagi elçixonasi tomonidan ham Rossiya tomoni bilan tegişli diplomatik kanallar orqali muloqot olib borilmoqda.

Özbekiston tomoni barça fuqarolarga nisbatan xalqaro huquq va inson huquqlariga rioya qilinişini taʼminlaşga çaqiradi", — deyiladi rasmiy xabarda.

Moskvadagi holat yuzasidan Rossiya Taşqi işlar vazirligiga nota yuborilib, Rossiya TIVdan uşbu holatga izoh beriş söralgan. Internetda tarqalgan videolarda inson huquqlari yaqqol buzilganligi aks etganligi, bu esa qabul qilib bölmas holatligi taʼkidlanib, kuç işlatar taşkilot vakillarining harakatlariga huquqiy baho beriş söralgan.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi uşbu masalani özining doimiy nazoratida uşlab turadi va kerakli hollarda qöşimça çoralar körişni davom ettiradi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 10 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek