Muhim

Özbekiston Rossiyadagi mehnat muhojirlarining huquqlari buzilayotgani böyiça xavotir bildirdi

Foto3-may, 2025, 21:581 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Özbekiston Rossiyadagi mehnat muhojirlarining huquqlari buzilayotgani böyiça xavotir bildirdi

2025-yil 2-may kuni Taşqi işlar vaziri örinbosari Bobur Usmonov Rossiyaning Özbekistondagi elçisi Oleg Malginov bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda Özbekiston tomoni Rossiya tomonining eʼtiborini Rossiyada Özbekistondan kelgan mehnat muhojirlarining huquqlari buzilişi va ularga nisbatan qöpol muomala holatlari haqidagi köpayib borayotgan xabarlarga qaratdi.

Bunday holatlar Rossiya hududida mehnat faoliyati olib borayotgan Özbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini buziş hisoblanişi, bu huquq va erkinliklar esa yaşab turgan mamlakat qonunçiligi asosida taʼminlanişi lozimligi taʼkidlandi.

Şu munosabat bilan, kötarilgan masalani sinçkovlik bilan örganiş va Özbekiston tomonining xavotirlarini Rossiya Federatsiyasining tegişli vakolatli organlariga yetkaziş zarurligi alohida qayd etildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek