Muhim

Direktor ayolni yeçintirib, yolğon guvohlik berişga majburlagan Furqat tumani IIB sobiq rahbarlari qamaldi

Matn29-noyabr, 2025, 10:072 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Direktor ayolni yeçintirib, yolğon guvohlik berişga majburlagan Furqat tumani IIB sobiq boşliği va örinbosari 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Farğona viloyati Furqat tumani IIB sobiq boşliği Akmal Xöjayev tuman soliq inspeksiyasi boşliği Qurbonali Abdurahmonov bilan tortişib qolgan.

Şundan söng, IIB boşliği soliq inspeksiyasi rahbaridan öç olişni maqsad qilgan.

Içki işlar xodimlari Abdurahmonovning uyiga erining operatsiyasi uçun qarz söraş maqsadida borgan maktab direktori Guliraʼno Qosimovaga Xöjayevning buyruği bilan zörlik işlatib, yeçintirişgan va soliq inspeksiyasi boşliği uni zörlagani haqida yolğon guvohlik berişga majburlaşgan.

⚖️ Sud hukmi bilan Furqat tuman IIB sobiq boşliği Akmal Xöjayev va uning birinçi örinbosari Jasur Rasulov Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi:

➖141-3-moddasi 2-qismi “b” bandi (Şaxsning şaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi maʼlumotlarni oşkor qiliş);
➖
142-moddasi (Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buziş);
➖
206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş);
➖
230-2-moddasi 1-qismi (Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalaştiriş (qalbakilaştiriş);
➖
234-moddasi 1-qismi (Qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş).

⏳Ularning har biriga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Şuningdek, ular 3 yil muddatga IIV tizimida hamda davlat iştirokidagi korxona, muassasa va taşkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan işlarda işlaş huquqidan mahrum qilindi.

Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarida ötattirilişi belgilandi.

Şuningdek, sudning alohida xabarnomasi bilan mazkur jinoyat işi yuzasidan boşqa şaxslarga nisbatan jinoyat işini qözğatiş töğrisidagi masalani hal qiliş uçun tegişli materiallarni ilova qilgan holda Farğona viloyati prokuraturasiga xabar qilinişi belgilandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek