Germaniya-Özbekiston biznes forumi ötkazildi
🇩🇪🇺🇿 Germaniya-Özbekiston biznes forumi ötkazildi
Özbekiston Prezidentining Germaniyaga taşrifi doirasida Berlindagi elçixonamizda qöşma biznes-forum bölib ötdi. Unda ikki mamlakatning 250 dan ortiq yirik kompaniyalari, xoldinglari va sanoat korxonalari, banklari, vazirliklari va sanoat birlaşmalari rahbarlari iştirok etdi.
ℹ️💶 Qayd etilişiça, 2022-yil yakuniga köra ikki tomonlama savdo körsatkiçlari 50 foizga köpayib, birinçi marta 1 milliard yevrodan oşgan.
2017-yildan beri özlaştirilgan nemis investitsiyalarining umumiy miqdori 11 barobar ösgan va bugungi kunda 💶4 milliard yevrodan ortiqni taşkil etmoqda.
Germaniyaning MAN, CLAAS, Knauf, GP Papenburg, Viyessmann, Deutsche Kabel, LEMKEN kabi köplab kompaniyalari Özbekistonda allaqaçon faol va muvaffaqiyatli biznes yuritib, yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşirmoqda.
Forumda “B2B” muzokaralari hamda Özbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlari kesimidagi aniq misollar va loyihalar taqdimoti bölib ötdi.
Yakunda ikki davlatning tegişli taşkilotlari örtasida bir qança hamkorlik bitimlari, kelişuvlar va memorandumlar imzolandi.
👉 @xushnudbek 👈


