Rasman

Google Pay Özbekistonda işga tuşdi

Video19-oktabr, 2026, 12:332 daqiqaTelegramʼdagi koʻrishlar: 141 mingtahrirlangan

💳 Google Pay Özbekistonda işga tuşdi

Bugun, 19-oktyabrdan Google Pay tölov xizmati Özbekistonda rasman işga tuşdi. Bu haqda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ örtasidagi “C5+1” formatidagi tadbirlar doirasida Google Cloud'ning GR direktori Marçin Krasuski eʼlon qildi.

Google rasmiy saytida Google Pay işlaydigan davlatlar röyxatiga Özbekiston qöşildi.

Ammo bu hozirning özida barça bank kartalarini Google Payʼga ulaş mumkin degani emas. Xizmatdan foydalaniş banklarga ham boğliq: har bir bank öz kartalari uçun Google Payʼni qöllab-quvvatlaşni yölga qöyişi kerak. Şu sababli dastlab ayrim banklarning kartalari işlaşi, boşqalari esa keyinroq qöşilişi mumkin.

❓️️️️️️️Google Pay özi nima?

Juda sodda aytganda, Google Pay — android telefon orqali bank kartasi bilan tölov qiliş imkonini beradigan xizmat.

Bank kartangizni Google Wallet’ga qöşasiz. Şundan keyin NFC mavjud telefonda dökondagi kontaktsiz terminalga telefonni yaqinlaştirib tölov qilişingiz mumkin. Yaʼni plastik kartani çiqariş şart emas — telefonning özi bank kartasi vazifasini bajaradi.

Şuningdek, Google Payʼni qöllab-quvvatlaydigan sayt va ilovalarda ham karta maʼlumotlarini har safar qayta kiritmasdan tölov qiliş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek