Google vitse-prezidenti: «Özbekiston pragmatik siyosat yangi imkoniyatlar oçişini isbotlamoqda»
❗️Google vitse-prezidenti: “Özbekiston pragmatik siyosat yangi imkoniyatlar oçişini isbotlamoqda”
Google vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda Google Pay işga tuşişiga munosabat bildirdi.
Uning qayd etişiça, Özbekiston joriy yilda şaxsga doir maʼlumotlar töğrisidagi qonunçilikni yangilab, barça maʼlumotlarni majburiy ravişda mamlakat içida saqlaş örniga moslaşuvçan va muvozanatli tartibga soliş tizimiga ötdi.
“Hukumatlar aniq va xalqaro tizimlarga mos qoidalarni joriy etsa, global texnologiyalar tezda kirib keladi”, — deb yozdi Avni LinkedInʼda.
Avni Google Pay işga tuşirilgani AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning Samarqandga tarixiy taşrifi doirasida eʼlon qilinganini ham alohida qayd etdi. Uning taʼkidlaşiça, mazkur taşrif Özbekiston va AQŞning raqamli modernizatsiya jarayonini jadallaştirişga bölgan muştarak intilişini tasdiqlaydi.
Öz navbatida u hamkorlik uçun Özbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.
“Zamonaviy siyosat faqat qoğozdagina qolib ketmaydi — u bevosita odamlarning çöntagiga taʼsir qiladi”, — dedi Google vitse-prezidenti.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


